UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Superliganing qaytishi haqidagi xabarlarga o`z munosabatini bildirdi.
“Takrorlayman, Superliga haqidagi gap — futbol haqidagi gap emas. Bu mavzu jonimga tegdi. Biz birlashgan holda harakat qilganimiz sari, ular o`z loyihalari bilan yo`limizni to`sishga urinmoqda. To`g`risi, bu o`ta ketgan bema`nilik.
Yana takrorlayman, futbolga aloqasi bo`lmagan loyihani muhokama qilishni istamayman. Agar o`sha klublar o`z turnirlarida ishtirok etishlari mumkin. Lekin bizning musobaqalarimizda qatnasha olishmaydi”, - deydi Cheferin UEFA rasmiy saytiga bergan xabarida.






