Microsoft korporasiyasi Rossiyada yangi mahsulot va xizmatlarni sotishni to`xtatdi. Bu haqda kompaniya prezidenti Bred Smitga ma`lum qildi.
“Sizga shuni ma`lum qilamizki, biz Rossiyada Microsoft mahsulotlari va xizmatlarining barcha yangi savdolarini to`xtatamiz. Bundan tashqari, biz AQSh, Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya hukumatlari bilan yaqindan hamkorlikni olib bormoqdamiz. Hukumatning sanksiyalar bo`yicha qarorlari asosida Rossiyadagi biznesimizning ko`p jihatlarini to`xtatmoqdamiz”, — deydi kompaniya prezidenti.
Vaziyat rivojlanib borar ekan, korporasiya yana qo`shimcha choralar ko`rishini istisno etmaydi", - deyiladi kompaniya bergan bayonotda.






