AsosiyMadaniyat

“Ayol qalbi” filmining premerasi bo`lib o`tdi

'“Ayol qalbi” filmining premerasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kecha, 4 mart kuni Kinochilar uyida yaqinlashib kelayotgan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan  Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jamila Po`latovaning “Ayol qalbi” badiiy filmining katta premerasi o`tkazildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Premera avvalida Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi tomonidan barcha ayol kinoijodkorlar bayram bilan tabriklanib, ularga sovg`alar ulashildi. So`ngra, sahnaga film ijodkorlari taklif qilinib, jamoaga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.  

Tabriklardan keyin tomoshabinlar uchun Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlari chempioni Safiya Burxanova haqidagi "Matonat maktabi" qisqa metrajli hamda “Ayol qalbi” badiiy filmlari namoyish etildi.

    Boshqa yangiliklar