AsosiySport

Begunoh odamlar azob chekmoqda — Gvardiola Ukraina voqealari haqida

'Begunoh odamlar azob chekmoqda — Gvardiola Ukraina voqealari haqida'ning rasmi

Xosep Gvardiola Ukrainadagi voqealar haqida gapirdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni damda Ukrainada bo`layotgan voqealar haqida fikr bildirdi.

“Siyosatchilar bularning oldini olishlari mumkin edi. Biroq, urush oxir-oqibat sodir bo`ldi. Ular endi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Menimcha bu muammoni hal qila olishmaydi. Begunoh odamlar azob chekmoqda. NATO va Evropa davlatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, — deya “Marca” nashri Gvardiolaning so`zlaridan iqtibos keltirdi.

Eslatib o`tamiz, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada harbiy maxsus operasiya boshlanganini e`lon qilgan edi. Shu kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holat joriy etilganini e`lon qildi.

    Boshqa yangiliklar