1

Ukrainalik kaskadyor Ginnesning rekordlar kitobiga qayd etilib, shifoxonaga tushdi

Dunyo 06.06.2016, 12:21
Ukrainalik kaskadyor Ginnesning rekordlar kitobiga qayd etilib, shifoxonaga tushdi

Litva davlatida o`tkazilgan shouda, ukrainalik kaskadyor Aleksandr Turchaninov metall sirtmoqsimon doira ichida motosiklda aylanib, dunyo rekordini o`rnatdi va shou tugashiga o`n besh daqiqa qolganda nazoratni yo`qotib, balandlikdan quladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Kaskadyor Kaunassdagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan, ma`lumotlarga ko`ra, uning to`pig`i singan. Aleksandr Turchaninovning chiqishini Ukraina rekordlarni qayd qilish agentligi vakillari kuzatib turgan. Tryuk bajarilgandan keyin kaskadyorga rekord o`rnatilgani haqida sertifikat berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1