Eron poytaxti Tehronda taekvondo bo`yicha klublar o`rtasidagi Osiyo chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bugungi bahslarda hamyurtimiz Shuhrat Salaev finalda qozog`istonlik taekvondochini 25-11 hisobida mag`lub etdi va oltin medalni qo`lga kiritdi.
Shuningdek, Ulug`bek Rashitov esa finalda eronlik Muhammad Husayn Zohidni taslim qildi (25:8) va chempion bo`ldi.
Bungacha Jasur Jaysunov va Nikita Rafalovich bronza medaliga ega chiqishgandi.






