Hindistonda maymun zargarlik do`konini o`mardi, deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri.
Maymun zargarlik do`koniga kirib, kassadan 10 ming rupiyni o`g`irlab, qochib ketgan. Kuzatuv kameralari barcha voqeani yozib olgan. Videoda do`kon sotuvchisi maymunni ichkariga kiritmaslik maqsadida unga ovqat taklif qilayotgani aks etgan.
Maymun ovqatga qaramay, do`kon ichiga, to`g`ri kassaga qarab yurgan. Kassadan pulni olgach, voqea joyidan qochib ketgan. U 10 ming rupiyni o`g`irlashga muvaffaq bo`lgan.





