Eronda taekvondo bo`yicha klublar o`rtasida Osiyo chempionati o`z yakuniga etdi. Bugun erkaklar o`rtasida o`tkazilgan bahslarda terma jamoamiz vakillari 4 ta medal qo`lga kiritishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.
"Tokio-2020" Olimpiadasi chempioni O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi QK xizmatchisi Ulug`bek Rashitov o`z vazn toifasida yana bir bor tengsiz ekanligini isbotlab, oltin medalga sazovor bo`ldi.
Shuningdek, barcha raqiblarini mag`lub etgan Shuhrat Salaev ham jamoa hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qilgan bo`lsa, Mudofaa vazirligining yana ikki vakili Nikita Rafalovich hamda Jasur Jaysunov bronza medallarini qo`lga kiritishdi.
Eslatib o`tamiz, kecha qizlar o`rtasida kechgan bahslarda Feruza Sodiqova (O`R MV SM) oltin, Charos Qayumova hamda Svetlana Osipova (O`R MV SM) bronza medaliga ega chiqishgan edi.
Shu tariqa, taekvondochilarimiz mazkur musobaqani 3 ta oltin va 4 ta bronza, jami 7 ta medal bilan yakunlashdi.






