Red Wings xalqaro yo`nalishlarga parvozlarini davom ettiradi. Gap Armaniston va O`zbekistonga parvozlar haqida ketmoqda, deya xabar berdi kompaniya .
Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur kompaniya Moskvadan Farg`ona, Samarqand va Namanganga parvozlarni amalga oshirib kelgan (charter va doimiy parvoz shaklida).
"Moskva, Ekaterinburg, Samara va Sochi reyslari Armaniston va O`zbekistonning yirik shaharlariga jadval bo`yicha jo`naydi. Parvozlar Rossiyaning zamonaviy SSJ-100 samolyotlarida amalga oshiriladi. Ularning barchasi aviasiya reestrida ro`yxatga olingan. Rossiya moliya institutlariga tegishli va Rossiya sug`urta kompaniyalari tomonidan sug`urtalangan”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Kompaniya shuningdek, joriy anti-covid cheklovlari tufayli xalqaro reyslar charter maqomiga ega ekanligini ta`kidladi.
"Biz xalqaro reyslar yo`lovchilari oldidagi barcha majburiyatlarni to`liq bajaramiz" - deya ta`kidlanadi xabarda.






