Visa to`lov tizimi sho`ba korxonasi 10 martdan boshlab Rossiyada xizmat ko`rsatishni to`xtatdi. Bu haqda kompaniya xabari asosida Interfaks xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 10 martdan boshlab Rossiyada chiqarilgan Visa kartalari xorijda ishlamaydi va xorijiy onlayn-do`konlarda to`lov uchun qabul qilinmaydi. Mastercard kartalari bilan ham vaziyat xuddi shunday, deyiladi kompaniya xabarida.
Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan Visa va Mastercard xalqaro to`lov tizimlari kartalari bilan chet elda, shu jumladan xorijiy Internet-resurslarda to`lovlar amalga oshirilmaydi.






