1

Ramzon Qodirov 1 oy davomida damashqliklarga bepul saharlik va iftorlik ulashadi

Dunyo 06.06.2016, 15:36
Ramzon Qodirov 1 oy davomida damashqliklarga bepul saharlik va iftorlik ulashadi

Chechen Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov ramazon oyi munosabati bilan Damashqda mahalliy aholi va qochoqlarga yordam berish maqsadida xayriya aksiyasini o`tkazishga qaror qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Ramzon Qodirov bu haqda “V Kontakte” sahifasida quyidagicha xabar qoldirgan:

“Har kuni tongda ro`za tutgan besh ming kishiga saharlikka issiq ovqat tarqatiladi, kechqurun iftorlikda yigirma ming kishi issiq ovqat bilan ta`minlanadi. Issiq ovqat maktab binolarida, kasalxonalarda, machitlarda, qochoqlar lagerida tarqatiladi”.

Xayriya aksiyasi Ramazon oyi tugaguncha davom etadi.

Ilgari Chechen respublikasi rahbari Ramzan Qodirov marhum bokschi Muhammad Ali xotirasiga boks zali qurishi haqida xabar bergan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1