Ukrainada urush boshlanganidan beri rus qo`shinlarining yo`qotishlari 11 ming kishidan oshdi. Bu haqda bugun, 7 mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma`lum qildi.
Ukraina tomoni ma`lumotlariga ko`ra, harbiy harakatlar boshlanganidan beri 46 ta samolyot va 68 ta vertolyot, shuningdek, 23 ta havo mudofaa tizimi, 50 ta Reaktiv raketa uchirish tizimi va Rossiya Qurolli kuchlarining yuzlab harbiy texnikasi yo`q qilingan.
Departamentning ta`kidlashicha, yo`qotishlarni hisoblash jangovar harakatlarning yuqori intensivligi bilan murakkablashmoqda.





