Eron poytaxti Tehron shahrida taekvondo bo`yicha "Fajr Open" xalqaro musobaqasi bo`lib o`tmoqda.
Bugun, 7 mart kuni "Fajr Open" xalqaro musobaqasining ikkinchi kungi bahslari bo`lib o`tdi. Quvonarlisi, unda O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Svetlana Osipova oltin medalni qo`lga kiritdi.
+73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz barcha raqibalarini mag`lub etib finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda taekvondochimiz eronlik Zaxra Pouresmailkarani ustidan 4:0 hisobida g`alaba qozondi.
Ma`lumot uchun, kecha 6 mart kuni ushbu musobaqada o`zbekistonlik taekvondochilar Charos Qayumova va Ozoda Sobirjonova kumush medalni qo`lga kiritishgan edi.






