Nissan avtokonserni Sankt-Peterburgdagi zavodi faoliyati "yaqin kunlarda" to`xtatilishini ma`lum qildi. Bu haqda kompaniya xabarlari asosida Ria Novosti xabar bermoqda.
"Rossiyadagi faoliyatga kelsak, yaqin kunlarda Sankt-Peterburgdagi zavod faoliyatini to`xtatishni rejalashtirmoqdamiz", - deyiladi xabarda.
Avvalroq avtokompaniya yaponiyalik xodimlariga Rossiyani tark etishni buyurgandi.
Bundan tashqari, kompaniya Ukrainaga 2,5 million evro miqdorida gumanitar yordam ko`rsatadi.






