"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe dushanba kungi o`tkazilgan mashg`ulotlarda jarohat oldi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 23 yoshli hujumchi jamoadoshi bilan to`qnashib ketgan. Hozircha uning jarohati qanchalik jiddiy ekani ma`lum qilinmagan. Tez orada yakuniy ma`lumot berilishi kutilmoqda.
Fransiya OAV xabarida aytilishicha, Kilian "Real"ga qarshi o`yinda ishtirok etmasligi ham mumkin.
Ma`lumot uchun, "Real" va "PSJ" o`rtasidagi javob bahsi 9 mart, chorshanba oqshomida soat 01:00da boshlanadi.






