Sanksiyalar portlar va kemalarga qarshi mumkin bo`lgan harakatlarni cheklaydi. Evropa Ittifoqi Ukrainaga qarshi hujumni to`xtatishni istamagan Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarning yangi bosqichini tayyorlamoqda. Bu haqda zamon.uz korrespondent.netga tayanib xabar bermoqda.
“Evropa hukumatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to`plamini tayyorlashga yaqin turibdi, jumladan, portlar va kemalarga qarshi ehtimoliy harakatlar, sanksiyalar ro`yxatini kengaytirish, shuningdek, harbiy texnikada qo`llaniladigan texnologiyalarni yanada cheklash”, — deyiladi xabarda.
Ushbu choralarning ba`zilari seshanba kunidan boshlab qo`llanilishi mumkin. Evropa Ittifoqi, shuningdek, sanksiyalar rejimini, xususan kriptovalyutalarga nisbatan kuchaytirish va chora-tadbirlarni chetlab o`tish uchun foydalanishni cheklash ustida ishlamoqda.
Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leen Italiya bosh vaziri Mario Dragi bilan Evropa Ittifoqi ishlayotgan yangi sanksiyalar paketini muhokama qilishini aytdi.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Kuleba Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni talab qilayotgani xabar qilingandi.






