AsosiyDunyo

Turkiya prezidenti Erdog`an Rossiya davlat rahbari Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

'Turkiya prezidenti Erdog`an Rossiya davlat rahbari Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefonlashdi.

Ushbu muloqotda Rossiyaning Ukrainaga hujumi muhokama qilindi va Turkiya-Rossiya munosabatlari baholandi.

Prezident Erdog`an suhbat davomida Ukraina muammosi eng qisqa vaqt ichida tinch yo`l bilan hal qilinishiga hissa qo`shishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Darhol amalga oshiriladigan umumiy otashkesim mintaqadagi gumanitar xavotirni bartaraf etishi bilan birga, siyosiy echim izlanishiga ham imkon berishini ifoda etgan Prezident Erdog`an, “Tinchlik yo`lini birgalikda ochaylik” chaqiruvini takrorladi.

Prezident Erdo`g`an, o`t ochishni to`xtatish, gumanitar koridorlarni ochish va tinchlik bitimini imzolash uchun shoshilinch qadamlar tashlashning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Ukraina tomoni va boshqa davlatlar bilan doimiy aloqada ekanligini ifoda etgan Prezident Erdog`an, keng qamrovli muzokaralar olib borish va natijaga erishish uchun sa`y-harakatlarini davom ettirishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar