«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi «PSJ»ga qarshi o`yin oldidan fikrlari bilan o`rtoqlashdi, deya xabar bermoqda "Tribuna" nashri:
— Eng yaxshi «Real» eng kuchli «PSJ»ga bas kela oladi. Parijdagi birinchi bahsimizda «PSJ»ning eng kuchli variantini ko`rdik, ertaga esa eng yaxshi «Real»ni ko`rasiz.
Karimda hammasi yaxshi. Benzema jarohatdan avvalgi jismoniy holatini tiklashga ulgurdi. Undan umidimiz katta.
Mbappeni qanday to`xtatmoqchimiz? Faqat Mbappe emas, Neymar, Messi va raqibning eng yaxshi o`yinchilariga qarshi ham o`z rejamizga egamiz.
Rejamiz shunday iboratki, to`p bilan ham, to`psiz ham birlashib zich o`ynash, kuchimizni 90 daqiqaga teng taqsimlab, kerakli natijaga erishishdir. Buning uchun aqlli o`ynash va g`alaba qozonish talab etiladi, - deydi Anchelotti o`yindan keyin.
Ma`lumot uchun, «Real» - «PSJ» uchrashuvi 9 mart, chorshanba oqshomida soat 01:00da boshlanadi. Dastlabki bahsda parijliklar minimal hisobda (1:0) g`alaba qozonishdi.






