AsosiySport

APL Rossiyada o`yinlar translyasiyasi to`xtatilganini rasman e`lon qildi

'APL Rossiyada o`yinlar translyasiyasi to`xtatilganini rasman e`lon qildi'ning rasmi

Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionat uchrashuvlari Rossiya hududida to`xtatilganini rasman e`lon qildi

Qayd etilishicha, Premer-liga va qolgan barcha klublar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari sababli APL o`yinlarini ushbu mamlakat hududida to`xtatilishini ma`qullashgan. 

Shu tariqa, APL o`yinldarini Rossiya hududida namoyish etish huquqiga ega bo`lgan Okko bilan hamkorlikni to`xtatdi. 

Angliya kubogi bellashuvlari ham namoyish etilmasligi ma`lum qilindi.

Avvalroq, APL Rossiyadagi translyasiya orqali yiliga 6 million funt daromad qilishi aytilgandi.

    Boshqa yangiliklar