"Polaris Dawn" dasturi doirasida orbitaga yuborilayotgan Amerikaning SpaceX kompaniyasi ekipaji o`zlari bilan Ukraina bayrog`ini koinotga olib chiqadi. Bu haqda Polaris agentligi xabari asosida Zamon xabar bermoqda.
"Biz Ukraina va uning jasur fuqarolarini, shuningdek, butun dunyo bo`ylab ozodlik uchun kurashayotgan barchani qo`llab-quvvatlaymiz. "Polaris Dawn" ekipaji bu bayroqni koinotdagi hali zolimlar qo`li etmaydigan joyga olib chiqadi", - deyiladi xabarda.
OAV ma`lumotlariga ko`ra, SpaceX Inspiration4 ekipaji qo`mondoni, amerikalik tadbirkor va astronavt Jared Isaakman urush boshlanganidan so`ng Ukraina harbiylariga AQShdan shaxsan yordam olib kelgan.






