Londonning “Arsenal” klubi futbolchilari mavsum yakunida Angliya premer-ligasining kuchli to`rtta jamoasiga kirsa, katta bonuslarga ega bo`ladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "to`pchilar" rahbariyati klub EChLga yo`l olgan taqdirda, jamoadagi barcha 650 ming evro qo`shimcha bonus olishini e`lon qilgan.
Qolaversa, Chempionlar ligasida qatnashish kafolati bo`lgan APL turnir jadvalida kuchli 4-o`ringa chiqsa, kelasi mavsumdan boshlab asosiy tarkib futbolchilarining maoshlari oshirilishi va`da qilingan.
Ma`lumot uchun, "Arsenal" APLning 25 turdan (zaxirada uchta o`yini bor) so`ng turnir jadvalida to`rtinchi o`rinda bormoqda. Jamoa hisobida 48 ochko bor.






