AsosiySport

"Fajr Open": Jahongir Xudoyberdiev O`zbekiston hisobiga navbatdagi medalni qo`shib qo`ydi

'"Fajr Open": Jahongir Xudoyberdiev O`zbekiston hisobiga navbatdagi medalni qo`shib qo`ydi'ning rasmi

Eronda o`tkazilayotgan "Fajr Open" xalqaro musobaqasida o`zbek taekvondochilari navbatdagi medalni qo`lga kiritishdi. Ortda qolgan kun dasturi Jahongir Xudoyberdiev uchun omadli keldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.

Musobaqada 54 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi 4 ta jangni muvaffaqiyatli o`tkazib, finalga yo`l olgan. Biroq oltin medal uchun kechgan bahsda mezbonlarning etakchi sportchisi Amir Muhammadga imkoniyatni boy berib qo`ygan.

Shu tariqa, O`zbekiston jamoasi ushbu xalqaro musobaqada 1 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qo`lga kiritib turibdi.

Bundan avvalgi bahslarda Svetlana Osipova oltin, Charos Qayumova hamda Ozoda Sobirjonova kumush medalga sazovor bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar