1

Britaniyalik bokschi 2 yoshli qizining tug`ilgan kuniga 140 ming dollar sarfladi

Dunyo 07.06.2016, 14:27
Britaniyalik bokschi 2 yoshli qizining tug`ilgan kuniga 140 ming dollar sarfladi

Buyuk Britaniyada yashovchi, asli pokistonlik bo`lgan bokschi Amir Xon ikki yoshga to`lgan qizining tug`ilgan kunini nishonlash uchun 140 ming dollar sarfladi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, tug`ilgan kuni Boltonda, mahalliy “Bolton Uonderers” futbol klubi shug`ullanadigan “Makron Stedium” maydonida o`tkazilib, tantanaga 250 kishi taklif qilingan. Bayram uchun ulkan tort tayyorlangan, maydonda bolalar uchun turli qiziqarli karusellar o`rnatilgan.

29 yoshli Amir Xon va uning 24 yoshli rafiqasi Faryallar qizlari uchun har qancha pul sarflamasinlar, bu oilalariga faqat foyda keltiradi, deb hisoblashadi. “Axir men bu pullarni qizim bekamu-ko`st voyaga etishi uchun ishlab topyapman”, deydi sportchi. Ammo uning rafiqasi endi bunday katta tantanani qizi 16 yoshga to`lganda o`tkazishni rejalashtirganini bildirdi. 

Amir Xon birinchi o`rta og`irlik toifasida jang qiladi. U Faryal Maxdumga 2013 yilda uylangan. Nyu-Yorkda o`tkazilgan nikoh to`yiga bir million dollardan ortiq pul sarflagan. To`yga 400 kishi taklif etilgandi. Bundan tashqari tug`ilib-o`sgan Bolton shahrida ham to`yni davom ettirib, yana 4 ming kishini taklif etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1