Pokiston bosh vaziri Imron Xon G`arb davlatlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda The Times’ga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.
G`arbning 22 davlati Islomoboddan Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralashga qaratilgan BMT rezolyusiyasini qo`llab-quvvatlashni so`rab murojaat qilgani tanqidga sabab bo`lgan.
“Biz haqimizda qanday fikrdasiz? Biz sizga aytganini bajaradigan qulmizmi?”, – degan u.
Imron Xon Pokiston so`nggi bor G`arbni Afg`onistonda qo`llab-quvvatlaganini, shundan keyin mamlakatga norozilik va zo`ravonlik to`lqini kirib kelganini qo`shimcha qilgan.






