Markaziy bankning 10 mart kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan asosiy stavkasini ko`rib chiqish bo`yicha boshqaruv yig`ilishini kechiktirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma`lum qildi.
"Markaziy bank boshqaruvi tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan xatarlar va yuqori darajadagi noaniqliklar fonida asosiy savdo hamkorlar iqtisodiyotidagi o`zgarishlar va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta`sirini baholash qo`shimcha tahlillar o`tkazish zaruraratini inobatga olib, asosiy stavkasini ko`rib chiqish bo`yicha boshqaruv yig`ilishini 2022 yil 17 mart sanasiga qoldirish bo`yicha qaror qabul qildi", - deyiladi xabarda.






