Surxondaryoda "Facebook” ijtimoiy tarmog`ida “Oxirat hisobi” nomli profil egasi esa aqidaparastlikni targ`ib qiluvchi videolar tarqatib kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligidagi tadbirda profil egasi Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani “Ulug`bek” mahallasida yashovchi fuqaro A.B. ekani ma`lum bo`ldi.
Uning profilida noma`lum ijrochiga tegishli bo`lgan “Nasheed – axi anta xurrun” (“Brat, t svoboden”) nomli video tarqatilgan. Yana bir video “Mavla va qud” (“Mavlaya kod nashida”) deb nomlangan.
Shuningdek, B.A.ning telefon raqamiga ochilgan “Telegramm” mobil ilovasi orqali ham “3 xil odamning ibodati qabul bo`lmaydi” nomli Rashodxon domlaning ma`ruzasini tarqatilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.A.ga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






