Janubiy Koreyadagi prezidentlik saylovlarida asosiy muxolif “Xalq kuchi” partiyasidan nomzod Yun Sok Yol g`alaba qozondi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yun Sok Yol mamlakat prezidenti saylovida 48,59 foiz ovoz to`plagan. Uning asosiy raqibi Li Je Myon 47,8% ovoz to`plagan.
Yun Sok Yol partiya shtab-kvartirasiga borishdan oldin o`z tarafdorlariga minnatdorchilik bildirdi. U prezident lavozimida Mun Chje Inning o`rnini egallaydi.






