Kecha 9 mart kuni Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Agostinno Pinna bilan uchrashdi.
Unda O`zbekiston va Italiya ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirishda xalq ta`limi sohasidagi hamkorlik yo`nalishlari muhokama qilindi. Vazirlik buni ma`lum qilmoqda.
Uchrashuv davomida Italiyaning zamonaviy texnologik kompaniyalari bilan maktab ta`limini rivojlantirishda to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni yo`lga qo`yish, O`zbekiston umumta`lim maktablarida italyan tilini ommalashtirish, aniq fanlarni italyan tilida o`qitish maqsadida italiyalik mutaxassislarni jalb qilish hamda O`zbekistonda imkoniyati cheklangan o`quvchilarning sifatli ta`lim olishlarini ta`minlash borasida hamkorlik istiqbollari belgilab olingani aytiladi.






