AQShning Florida shtatida timsoh qonunga bo`ysungan holda ko`chaning piyodalar o`tish joyidan yurdi, deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri. Bu haqda Flegler okrug sherifi o`zining Feysbuk sahifasida xabar qoldirgan.
Polisiyachilarning ma`lumot berishicha, bir yarim metrlik timsoh piyodalar o`tishi uchun mo`ljallangan yo`lak ustida turgan. Keyin kutilmaganda birdan o`rnidan turib, yo`lak bo`ylab yurgan. “Piyoda”ni o`tkazib yuborish maqsadida avtomobil harakati to`xtatilgan.
Voqea joyiga hayvonlarni tutish bilan shug`ullanuvchi maxsus mutaxassislar chaqirilgan, ammo timsoh yashirinib olgani uchun chaqiruv bekor qilingan.
Floridada timsoh bilan bog`liq bunday voqea ilk marotaba sodir bo`layotgani yo`q. Masalan, may oyida 4,8 metrlik timsoh Buffalo Creek Golf Course nomli golf maydoniga kirib olgan, aprel oyida esa yana bir timsoh yo`l harakatini to`xtatib qo`ygan.





