AsosiySport

Superliga. "Paxtakor", "Navbahor" va "Qizilqum" g`alaba qozondi

'Superliga. "Paxtakor", "Navbahor" va "Qizilqum" g`alaba qozondi'ning rasmi

Superliga 2-turi doirasidan o`rin olgan uchta uchrashuv yakunlandi.

"Paxtakor" o`z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi hamda 1:0 hisobidagi g`alabani qo`lga kiritdi. Toshkentliklar safida yagona gol Dragan Cheran nomiga yozildi. 

"Navbahor" ham mavsumdagi ilk g`alabasini qo`lga kiritdi. "Surxon"ga qarshi o`ynagan namanganliklar 2:1  hisobida muvaffaqiyatga erishgan bo`lsa, "Qizilqum" 2-tur bahsida ham g`alaba qozondi. Bu safar navoiyliklar "Bunyodkor"dan ustun keldi. 

Superliga, 2-tur

«Paxtakor» - «Neftchi» - 1:0
Gol: Dragan Cheran, 51.

«Surxon» - «Navbahor» - 1:2
Gollar: Miroslav Markovich 89 penalti - Elguja Grigalashvili 6, Zoran Marushich 55.

«Qizilqum» - «Bunyodkor» - 3:1
Gollar: Sherali Jo`raev 45, Temurxo`ja Abduholiqov 47, Aleksandar Stanislavlevich 75 – Dilshod Jo`raev 90+1

    Boshqa yangiliklar