AsosiySport

Buyuk Britaniya Roman Abramovichning aktivlarini muzlatib qo`ydi. Endi nima bo`ladi?

'Buyuk Britaniya Roman Abramovichning aktivlarini muzlatib qo`ydi. Endi nima bo`ladi?'ning rasmi

Buyuk Britaniya hukumati "Chelsi" klubi rahbari Roman Abramovichga nisbatan sanksiyalarni qo`lladi. Bu haqda Sports.ru ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha,  rossiyalik milliarderning Buyuk Britaniyadagi barcha aktivlari muzlatib qo`yilgan. Natijada, Abramovich endilikda "Chelsi"ni sotib yubora olmaydi. O`z navbatida "Chelsi" o`z faoliyatini davom ettirishi uchun maxsus ruxsatnoma olgan.

Avvalroq "Chelsi"ni sotib olish istagida bir nechta milliarderlar taklif bilan chiqqan. Biroq Roma Abramovich takliflarni rad etgandi. 

    Boshqa yangiliklar