Iordaniyada o`tayotgan boks bo`yicha Osiyo chempionatida navbatdagi kun ortda qoldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bugun o`smirlar o`rtasida final ishtirokchilari aniqlandi. Chempionlik yo`lida ringga ko`tarilgan 12 nafar bokschimizdan 11 nafari g`alaba qozonib, oltin medal yo`lida kurashni davom ettiradigan bo`ldi.
Finalga yo`l olganlar:
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-50 kg: Samandar Olimov
-52 kg: Sunnatilla O`ktamaliev
-54 kg: Mironshoh Norqosimov
-57 kg: Farruh To`laganov
-60 kg: Mirzakamron Yunusov
-63 kg: Hojiakbar Qudratov
-70 kg: Jafarbek Shahbozov
-75 kg: Temurbek Abduvohidov
-80 kg: Rahmonjon Qodirov
+ 80 kg: Ozodbek Aliev
Bronza medali sohiblari:
-66 kg: Sardor Dilolov






