Vengriya parlamenti oila, yoshlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda Ria Novosti ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Katalin Novak bu lavozimdagi birinchi ayol bo`ldi.
Vengriya Milliy assambleyasi payshanba kungi yig`ilishda bosh vazir Viktor Orban Fides boshchiligidagi hukmron partiya raisi o`rinbosari, oila, yoshlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. 199 deputatdan 137 nafari Novakga ovoz berdi.
Ma`lumot uchun, 44 yoshli Novakning saylovdagi raqibi muxolifat koalisiyasidan 80 yoshli nomzod, iqtisodchi Piter Rona bo`ldi.






