"Arnold klassik" Butunjahon multisport festivali doirasida sambo bo`yicha turnir bo`lib o`tdi. Unda AQSh va O`zbekiston sambochilari ishtirok etishdi.
Ushbu musobaqada o`zbekistonlik sambochi yigitlar ham ishtirok etishdi. O`zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi bu haqda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkentdagi jahon chempionati ishtirokchisi Elyor Serikbaev, shuningdek Muhammadnozim Shukurov, Jamoliddin Qurbonov va Sherbek Ro`ziev kabi sambochilar o`z vazn toifalarida multisport festivali chempioniga aylanishdi. Sherbek Ro`ziev musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topilgan va maxsus sovringa hamega bo`lgan
Eslatib o`tamiz, mazkur sport festivali 1988 yildan buyon mashhur kinoaktyor Arnold Shvarsnegger tomonidan bodibilding bo`yicha tashkil etib kelinardi. Yillar o`tib ushbu tanlov multisport festivaliga aylandi va unda bir qator sport turlari, shu jumladan sambo bo`yicha ham bellashuvlar tashkil etilmoqda.






