AQShning Michigan shtatidagi Kalamazu shahri yaqinida “Pikap” avtomashinasi velosipedchilar guruhiga borib urildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Hozirda polisiya qurbonlar sonini aniqlamoqda. YTH tafsiloti hozirsa ma`lum emas. Mahalliy OAV ning ma`lumot berishicha, “Pikap” haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan, ammo bir necha daqiqalardan keyin polisiya tomonidan qo`lga olingan. Taxminlarga ko`ra, haydovchi mast holatda bo`lgan.





