AsosiySport

Bu yilgi Toshkent xalqaro marafonining umumiy mukofot jamg`armasi 138 mln. so`mni tashkil qiladi — Sportni rivojlantirish vazirligi

'Bu yilgi Toshkent xalqaro marafonining umumiy mukofot jamg`armasi 138 mln. so`mni tashkil qiladi — Sportni rivojlantirish vazirligi'ning rasmi

Bugun, 11 mart kuni O`zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar press-klubida Toshkent xalqaro ShHT yarim marafoni hamda “Navro`z” IV xalqaro marafoni oldidan matbuot anjumani o`tkazildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

2016 yildan beri xalqaro tashkilot tashabbusi bilan o`tkazib kelinayotgan ShHT yarim marafonlari tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Sport tadbirlariga esa xalqaro hamjamiyatning qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. Ommaviy sportning madaniyatlar, millatlar va sivilizasiyalar xilma-xilligini ifodalovchi insonlar o`rtasida tenglikni ta`minlash, tinchlik manfaatlari yo`lida mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, barqaror va barkamol rivojlanishga intilish kabi umuminsoniy qadriyatlar Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ruhi va asosiy tamoyillarini to`la aks ettiradi.

ShHT marafonlari Jahon engil atletika musobaqalari taqvimiga kiritilgan. Har bir bosqichda xalqaro assosiasiya qoidalariga muvofiq, antidoping nazoratidan tortib, marafon trassasini qamrab olish sifatigacha bo`lgan jarayonda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston engil atletika federasiyasi yuqori darajadagi yugurish musobaqalari tashkil etishda katta tajribaga ega. Bahor bayrami arafasida o`tkaziladigan “Navro`z” Toshkent xalqaro marafoni, O`zbekiston shaharlari bo`ylab o`tkazilayotgan “Save Aral” va “Aral marathon” sport musobaqalari allaqachon an`anaga aylanib ulgurgan.

ShHT Toshkent xalqaro yarimmarafoni trassasi Xalqaro marafonlar va yugurishlar assosiasiyasi (AIMS) sertifikatiga ega trassada bo`lib o`tadi. Bo`lajak sport musobaqasi dasturiga 3 km va 21 km bo`lgan 2 ta masofa kiritilgan. Sport yugurishida nafaqat “ShHT oilasi”ning 18 davlatidan yuguruvchilar, balki boshqa mamlakatlardan ham ishtirokchilar kelib qatnashishi mumkin. Marafonning umumiy mukofot jamg`armasi 138 million so`mni tashkil etadi. (yarim marafon uchun 126 million so`m, 3 km masofaga 12 million so`m).

Shuningdek, 27-mart kuni Toshkentda “Navro`z” IV Toshkent xalqaro marafoni ham bo`lib o`tadi. Bu yil to`rtinchi marotaba o`tkaziladigan “Navro`z” Toshkent xalqaro marafoni nafaqat professional sportchilar, balki o`z sog`lig`iga befarq bo`lmagan barcha yoshdagi yugurish ishqibozlarini ham bir joyga jamlaydi hamda O`zbekistondagi eng yirik va muhim sport tadbirlaridan biriga aylanadi.

    Boshqa yangiliklar