Fransiyaning "PSJ" klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma bo`yicha muzokaralarga kirishdi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, Qatar amiri Tamim bin Hamad At-Tani klub boshqaruvchilariga yordam bermoqchi. U Mbappeni jamoada saqlab qolish uchun, fransiyalik futbolchining istagan maoshini berishga tayyor.
23 yoshli futbolchi hozircha jamoa bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. U faoliyatini "Real"da davom ettirishni istamoqda.






