Ammanda o`tayotgan Osiyo chempionatining yoshlar o`rtasidagi bahslarning yarim finali doirasida bugun -54 kg vaznli Abduvali Bo`riboev hindistonlik raqibiga qarshi jangda ajoyib harakat qilgan bo`lsada, yakunda hakamlar hind bokschisining g`alabasini qayd etishdi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari mazkur jang natijasi yuzasidan "protest" berishdi. Jang qayta ko`rib chiqildi va yakunda Abduvali Bo`riboev final yo`llanmasiga ega chiqdi.






