AsosiySport

Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"dan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi

'Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"dan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi'ning rasmi

Superliganing 2-turidan o`rin olgan "Lokomotiv" va AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi. Bu haqda AGMK matbuot xizmati ma`lum qildi

"Mag`lub bo`lishga haqli emasdik, lekin bu futbol. Menimcha, stadionga tashrif buyurgan hamda televizor orqali uchrashuvni kuzatgan muxlislarga o`yin ma`qul bo`ldi. Chunki chiroyli futbol guvohi bo`ldik. Jangovar, shiddatkor hamda tezkorlik jihatdan ikki jamoa ham ko`ngildagidek o`yin namoyish etdi. "Lokomotiv" bu borada omadliroq chiqdi. Ularni g`alaba bilan tabriklayman. Mashaqqatlar bilan gol urib, tezkor gol o`tkazib yubordik. Futbolda o`ziga yarasha qonun-qoidalar bor. Ikkinchi bo`limda ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo`lgandik, ulardan unumli foydalanishimiz lozim edi. Futbolda "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql bor. Xatolar ustida ko`proq ishlashimiz kerak. Jarohatlangan hamda diskvalifikasiyaga uchragan futbolchilarimiz bizga yordam bera olmayotgani sababli uchrashuv so`nggida o`yinimizni kuchaytira olmadik. Yigitlarimizning yog`ingarchilik bo`lgan havoda toliqqani ko`rinib qoldi.  Avvallari faoliyatimda bu qadar ko`p yo`qotishlarga duch kelmagandim. Yo`qotishlar ham men uchun sinov, bu ham o`z o`stimizda ko`proq ishlashga undaydi".

    Boshqa yangiliklar