AsosiyDunyo

Hindiston koronavirus sababli xalqaro reyslarga qo`yilgan cheklovni bekor qildi

'Hindiston koronavirus sababli xalqaro reyslarga qo`yilgan cheklovni bekor qildi'ning rasmi

Hindiston hukumati 27 martdan boshlab barcha xalqaro parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda

Qayd etilishicha, mamlakat hukumati koronavirus tufayli 2020 yilda xalqaro reyslar uchun taqiq qo`ygan edi. Bu esa salkam ikki yil davomida amalda bo`lib keldi. 

"Dunyo bo`ylab emlashning keng qamrovini tan olgan holda va manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashgandan so`ng, Hindiston hukumati 27 martdan kunidan boshlab Hindistonga va Hindistondan muntazam tijorat xalqaro yo`lovchi tashish xizmatlarini qayta tiklashga qaror qildi", - aviasiya departamenti vakili. 

    Boshqa yangiliklar