AQSh navbatdagi sanksiyalar doirasida Rossiyaga dollar banknotalarini etkazib berishni taqiqladi. Qolaversa, avtomobil, kiyim-kechak va zargarlik buyumlari eksporti cheklandi. Bundan tashqari, Rossiyadan ikra, dengiz mahsulotlari va spirtli ichimliklar, shuningdek, brilliant va olmoslar importiga ham taqiq qo`yildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaga dollar banknotalarini eksport, reeksport, sotish yoki etkazib berishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Hujjat Oq uy saytida e`lon qilindi.
«AQSh dollar banknotalarini AQShdan Rossiya Federasiyasi hukumati yoki Rossiya Federasiyasi hududida bo`lgan har qanday shaxsga, qolaversa, banknotalar joylashgan eridan qat`iy nazar AQShning yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita eksport, reeksport, sotish yoki etkazib berish taqiqlanadi», — deyiladi farmonda.
Bundan tashqari, AQSh Rossiyadan ikra, dengiz mahsulotlari, aroq va boshqa spirtli ichimliklar, qolaversa, brilliant va olmoslarni import qilishga taqiq qo`ydi, deya ta`kidladi Jo Bayden. Oq uyning xabarida qayd etilishicha, Rossiyani 1 mlrd dollardan ortiq eksport daromadidan mahrum qiladi va «AQSh fuqarolari Putin urishini moliyalashtirmasligini» kafolatlaydi.
G7 davlatlari shuningdek, Rossiyaga Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlaridan mablag` olishni taqiqlashga erishishi kutilmoqda, deyiladi «katta ettilik» mamlakatlarining qo`shma bayonotida. Ular Rossiya bilan eng maqbul savdo muhiti maqomini bekor Oq uy shuningdek, sanksiya ostida bo`lgan Rossiya banklari rahbarlari va RF Davlat dumasi a`zolariga qarshi to`liq cheklovchi sanksiyalar qo`llashini ma`lum qildi.
Bundan tashqari, Jo Bayden Rossiyaga hashamatli tovarlarni, jumladan, ko`pincha «rus elitasi sotib oladigan» avtomobillar, kiyim-kechaklar va zargarlik buyumlari va boshqa tovarlarni eksport qilishni taqiqlashga oid farmonni ham imzoladi.
«Bugungi kunda cheklovlar qo`yilgan hashamatli tovarlarni AQShdan eksport qilish qiymati yiliga qariyb 550 mln dollarni tashkil etadi. Putinning harbiy mashinasini qo`llab-quvvatlaydigan elita endi ushbu tizimning afzalliklaridan foydalanmasligi va rus xalqining resurslarini isrof qilmasligi kerak», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Evropa Ittifoqi evro banknotalarini Rossiyaga sotish, etkazib berish, eksport qilish va jo`natib yuborishni taqiqlagandi. Istisnolar faqat banknotalar shaxsiy foydalanish uchun mo`ljallangan holatda yoki ularning egalari diplomatik immunitetga ega shaxslarga qo`llaniladi.
Manba: Gazeta






