Bugun Turkmanistonda muddatidan avval Prezidentlik saylovi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Aslida Turkmanistondagi navbatdagi Prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo`lib o`tishi kerak edi.
Saylovlarda amaldagi Prezidentning o`g`li, vazirlar mahkamasi rahbari(Prezident)ning o`rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan birgalikda yana 8 ta nomzod Prezidentlik uchun kurashmoqda.
Amaldagi Prezident biroz vaqt avval yoshlarga yo`l berish kerakligi sababidan Prezidentlikda ketishi haqida e`lon qilgandi. Lekin u saylovlardan keyin xam parlament raisi lavozimini saqlab qoladi.






