1

Aqto`beda terrorchilar bolalar lageri qo`riqlash xizmati xodimlariga qarata o`t ochdi

Dunyo 08.06.2016, 16:08
Aqto`beda terrorchilar bolalar lageri qo`riqlash xizmati xodimlariga qarata o`t ochdi

Aqto`beda terakt uyushtirganligi uchun qidiruvda bo`lgan terrorchilar Aqto`be viloyati pioner lagerlaridan birida qo`riqlash xizmati xodimlariga qarata o`t ochdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. Bu haqda Qozog`iston respublikasi milliy xavfsizlik qo`mitasi rahbari Vladimir Jumakanov ma`lumot bergan.

Voqea mahalliy vaqt bilan 8:06 da ro`y bergan. Jinoyatchilar avtomobilda o`tirgan holda silliq stvolli miltiqlardan o`q otishgan.

Qozog`iston respublikasi IIV mazkur voqeani tasdiqlamadi: “Aqto`be viloyatidagi pioner lagerlaridan birida bo`lib o`tgan otishma haqida IIVga hech qanday xabar tushgani yo`q. Surishtiruv o`tkazildi, hozircha faktlar tasdiqlanmadi”, dedi vazirlik matbuot xizmati boshlig`i Almas Sadubaev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1