"Liverpul" va hujumchi Muhammad Saloh yangi shartnoma bo`yicha kelisha olishmayapti. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, "Liverpul" taklif qilgan shartlar futbolchi va uning agentini qoniqtirmagan. Saloh istagi esa klubni qanoatlantirmayapti.
O`z navbatida futbolchi faoliyatining qolgan qismini ham "Liverpul"da o`tkazishni istamoqda. Biroq futbolchi klub bergan taklifga rozilik bildirmayapti.
Eslatib o`tamiz, Salohning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo`jallangan.






