AsosiyDunyo

Rossiya ikki hafta davom etgan urushda 30 milliard dollar yo`qotdi — Bloomberg

'Rossiya ikki hafta davom etgan urushda 30 milliard dollar yo`qotdi — Bloomberg'ning rasmi

Bloomberg ma`lumotlariga ko`ra, Ukraina bilan ikki hafta davom etgan urushda Rossiya 1990-yillardan beri eng yomon iqtisodiy pasayishni boshdan kechirdi, yalpi ichki mahsulot yil boshida to hozirgacha 30 milliard dollar yoki 9 foizga qisqardi. 

G`arb sanksiyalari allaqachon mamlakatda ishlab chiqarishning taxminan 2 foizga qisqarishiga sabab bo`ldi  - buni 2020 yildagi pandemiya davridagi yillik pasayish bilan taqqoslash mumkin.

Bundan tashqari, Rossiya joriy asrning eng katta inflyasiya sur`atlaridan biriga yaqinlashmoqda va defisit xavfi hukumatni eksport cheklovlarini joriy etishga undamoqda. 

Kapital nazorati va deyarli yigirma yil ichida foiz stavkalarining eng katta o`sishiga qaramay, rubl o`z qiymatining taxminan 37 foizni yo`qotdi, bu 2022 yil hosobidan dunyodagi eng yomon ko`rsatkichdir.

“Rossiya rublning qadrsizlanishi inflyasiyaning oshishiga va Rossiya aholisining xarid qobiliyatining jiddiy pasayishiga olib keladigan “chuqur resessiya” sari ketmoqda”, dedi XVJ bosh direktori Kristalina Georgieva jurnalistlarga.

    Boshqa yangiliklar