AsosiySport

“AFP-1” (Akhmat Fight Promotion) boks turniridan oldin bokschilar ishtirokida tarozi, ko`z urishtirish marosimi bo`lib o`tdi

'“AFP-1” (Akhmat Fight Promotion) boks turniridan oldin  bokschilar ishtirokida tarozi, ko`z urishtirish marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Joriy yil mart oyida yurtimizda “Navro`z” umumxalq bayramiga bag`ishlab bir qator professional boks kechalari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shunday boks oqshomlardan biri 14 mart kuni “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi.

Bugun, 13 mart kuni  bokschilar ishtirokida tarozi, ko`z urishtirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz jurnalisti xabar berdi.  

“AFP-1” (Akhmat Fight Promotion) boks turniri maqomidagi musobaqa professional boksga endi qadam qo`yayotgan yoshlarni xalqaro maydondagi natijalarida sermahsullikni ta`minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

14 mart oqshomining markaziy jangida aralash jang san`atlari (MMA)da xalqaro maydonda katta obro`ga ega sportchi, hamyurtimiz Nursulton Ro`ziboev ringga chiqadi. Bu uning professional boksdagi ilk jangi sifatida tarixga kiradi.

    Boshqa yangiliklar