Avvalroq 5 nafar o`zbek bokschi qizlari o`smirlar o`rtasida Osiyo chempioni bo`lgani haqida yozgandik.
Ayni damda Sportni rivojlantirish vazirligi bergan xabarga ko`ra, o`g`il bolalar o`rtasidagi bahslar ham yakuniga etib, yana 6 nafar o`zbekistonlik Osiyo chempioniga aylandi.
Boks bo`yicha o`smirlar o`rtasida Osiyo chempionatining final janglarida terma jamoa a`zolari qayd etgan natijalar bilan tanishing:
- -48 kg: Ilhomjon Ergashev hindistonlik raqibini mag`lub etdi va dastlabki oltin medal qo`lga kiritildi.
- -50 kg: Samandar Olimov qirg`izistonlik raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi va yana bir oltin medal!
- -52 kg: Sunnatilla O`ktamaliev qozog`istonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo`ldi.
- -54 kg: Mironshoh Norqosimov tailandlik raqibiga imkoniyatni boy berdi hamda kumush medalni qo`lga kiritdi.
- -57 kg: Farrux To`laganov qozog`istonlik bokschiga yutqazib qo`ydi, kumush medal!
- -60 kg: Mirzakamron Yunusov hind bokschisiga imkoniyatni boy berdi va yana bir kumush medalni taqdim etdi.
- -63 kg: Hojiakbar Qudratov ham kumush medal bilan kifoyalandi, unda ham mag`lubiyat.
- -70 kg: Ja`farbek Shaxbozov iordaniyalik raqibini mag`lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo`ldi.
- -75 kg: Temurbek Abduvahobov qozog`istonlik raqibini mag`lub etdi. Navbatdagi oltin medal!
- -80 kg: Rahmonjon Qodirov hindistonlik raqibidan ustun kelib, oltin medal sohibiga aylandi.
- +80 kg: eng og`ir vaznli bokschimiz Ozodbek Aliev ham qozog`istonlik raqibini mag`lub etdi va terma jamoa hisobiga oltinchi oltin medalni qo`shib qo`ydi.






