AsosiySport

O`zbekiston jamoasi Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogida 12ta medal oldi

'O`zbekiston jamoasi Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogida 12ta medal oldi'ning rasmi

Bir necha kun davomida Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahrida davom etgan Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogi musobaqasi kecha o`z yakuniga etdi.

Musobaqaning so`nggi kunida 8 nafar o`zbek taekvondochisi g`oliblik uchun dayanga chiqdi.

Turizmni rivojlantirish vazirligi xabariga ko`ra, -68 kg vazn toifasidagi bahslar O`zbekiston vakillari uchun omadli keldi. Ushbu vaznda Tokio-2020 yozgi Olimpiadasi g`olibi Ulug`bek Rashitovga munosib raqib topilmagani ta`kidlanadi. 

Qayd etilishicha, u hal qiluvchi jangda yana bir sportchi Diyor To`xliboev bilan ro`baro` keldi. Biroq, bu jang o`tkazilmagan va Rashitov to`g`ridan to`g`ri Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogi g`olibligini qo`lga kiritgan. Diyor esa kumush medalga sazovor bo`lgan. Xuddi shu vazn toifasidagi yana bir o`zbekistonlik Najmiddin Qosimxojiev esa bronza medaliga ega chiqqan.

-80 kg vazn toifasida tajribali sportchi Shuhrat Salaev yarim finalda eronlik taekvondochiga yutqazib qo`ygan va terma jamoa hisobiga yana bir bronzani qo`shib qo`ygan.

Shu tariqa O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Osiyo taekvondo federasiyasi prezidenti kubogida 2ta oltin, 3ta kumush va 7ta bronza, jami 12ta medalga sazovor bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar