AsosiyDunyo

Yana koronavirus: Xitoyning qator megapolislarida lokdaun joriy etilmoqda

'Yana koronavirus: Xitoyning qator megapolislarida lokdaun joriy etilmoqda'ning rasmi

Xitoyning ko`plab megapolislarida koronavirus bilan kasallanish holatlari ko`payganligi sababli lokdaun joriy etilmoqda.  Bu haqda "Geosiyosat" kanalida xabar berildi.

Ma`lum qilinishicha, Mamlakat janubidagi Guandun provinsiyasidagi 17 mln kishilik Shenchjen megapolisida lokdaun rejimi joriy etilmoqda.

Pnevmoniyaning oldini olish va unga qarshi kurashish shtabidan ma`lum qilishicha, mahalliy hokimiyat va davlat muassasalari masofaviy ishlash formatiga o`tmoqda. Megapolis hayotini ta`minlovchi korxonalar (suv ta`minoti, elektr energiyasi va boshqalar) bundan mustasno, ishlab chiqarish faoliyatini to`xtatadi. Barcha savdo korxonalari (supermarket, dorixona, tibbiy muassasa va tezkor etkazib berish xizmatlarini ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) yopiladi, shahar jamoat transporti butunlay to`xtatiladi, Shenchjen jamoat joylari va sanoat parklari ham yopiladi.

Shahar ma`muriyati koronavirus tufayli shahar bo`ylab uch bosqichli sinovini e`lon qiladi. Yuqoridagi choralar 14 martdan boshlab joriy qilingan va bir hafta davomida amal qiladi.

Shanxay shahrida 14 martdan boshlab barcha yo`lovchi avtovokzallari o`z faoliyatini to`xtatdi. Poytaxtdagi bir qator ko`p tarmoqli shifoxonalar aholiga ayrim ambulator tibbiy xizmatlar ko`rsatishni to`xtatdi. Dushanba kunidan boshlab stomatologik klinikalarga borishni rejalashtirayotgan barcha bemorlar koronavirus uchun PZR testini manfiy topshirishlari kerak.

Szilin shahrida (shimoli-sharqiy Xitoyning xuddi shu nomdagi Szilin provinsiyasi) zudlik bilan o`n ming o`rinli qo`shimcha kasalxonalar qurilmoqda.

Avvalroq, 9 mln aholisi bor Chanchun shahrida (shimoli-sharqiy Szilin provinsiyasining ma`muriy markazi) to`liq lokdaun joriy etilgan edi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko`ra, Gonkongning Gonkong maxsus ma`muriy hududida hozirda koronavirus bilan kasallangan 300 mingga yaqin odam va ularning yaqinlari uy karantinida. Oxirgi 24 soat ichida Gonkongda COVID-19 infeksiyasining 32 mingdan ortiq yangi holatlari qayd etildi.

Materik Xitoyda o`tgan kun davomida 1938 ta tasdiqlangan koronavirus infeksiyasi holati aniqlandi, bu 2020 yil fevralidan beri kunlik eng yuqori ko`rsatkichdir. Materik Xitoyda pandemiya boshlanganidan beri jami 115 mingdan ortiq tasdiqlangan koronavirus infeksiyasi aniqlangan, vafot etganlar soni 4 636 nafarni tashkil etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar