AsosiyDunyo

209 ta universtitet, 8 milliondan ortiq talaba... Turkiyada oliy ta`lim qanday?

'209 ta universtitet, 8 milliondan ortiq talaba... Turkiyada oliy ta`lim qanday?'ning rasmi

Hozirgi kunda Turkiyada faoliyat ko`rsatayotgan 200 dan ortiq universitetda dunyoning turli davlatlaridan kelgan 200 mingga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda. 

Ham Osiyo, ham Evropada o`z tuproqlariga ega bo`lgan, chuqur tarixiy o`tmishi bilan ko`plab sivilizasiyalarga mezbonlik qilgan, o`z qadriyatlari asosida katta sur`atlar bilan o`sib, rivojlanayotgan Turkiya so`nggi yillarda xorijlik talabalar uchun eng jozibador davlatlardan biri bo`lib bormoqda.

1863 yilda ilk Dorulfununning tashkil etilishi bilan boshlandigan Turkiyadagi universitetler soni hozirgi kunda 209 tani tashkil etadi. Bu universitetlarda esa jami 8 milliondan ortiq maxalliy va horijlik talaba bakalavr, magistr va doktorantura yo`nalishlarida tahsil olmoqda.

Turkiyada faoliyat ko`rsatayotgan universitetlarning 131 tasi davlat universitetlari bo`lib, davlat universitetlari 11 ta texnik universitet, 2 ta tasviriy san`at universiteti va 1 ta yuqori texnologiya instituti, shuningdek, Jandarmeriya va qirg`oq qo`riqlash akademiyasi, Polisiya akademiyasi va Milliy mudofaa universitetini o`z ichiga oladi. Mamlakatda shuningdek 78 ta fond universitetlari ham faoliyat ko`rsatmoqda.

Turkiyada oliy ta`limdagi imtiyozlar chet ellik talabalar uchun ajoyib imkoniyat bo`lib, mamlakatda ta`lim xarajatlari va sayohat chiqimlari ko`plab Evropa va Amerika davlatlariga qaraganda past bo`lsada, ta`lim sifati yuqori hisoblanadi. Turkiyada nafaqat o`qish kontrakt to`lovlarini, balki turar joy, sug`urta va sayohat xarajatlarini ham qoplaydigan stipendiyalar mavjudligi ham xorijlik talabalar uchun Turkiyaning jozibadorligini oshiradi.

Turkiya o`zining ko`plab nufuzli universitetlari va so`nggi yillarda ta`lim sohasida amalga oshirayotgan tadqiqotlari bilan ham dunyoda etakchi o`rinlardan birini egallab kelmoqda.

Chet ellik talabalarga berilgan imkoniyatlar, universitetlardagi innovasion va sifatli ta`lim har yili yanada ko`proq chet ellik talabaning bilim olish uchun Turkiyani tanlashiga sabab bo`lmoqda.

Shuningdek, Turkiyadagi turli universitetlar bitiruvchilarining diplomi dunyoning barcha davlatlarida tan olinishi ham tahsil olish uchun mamlakatga kelayotgan xorijlik talabalar sonining oshishini ta`minlamoqda.

    Boshqa yangiliklar